O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazdi, deb xabar beradi Daryo internet nashri.

Yig’ilishda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, respublikada axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi ish yuritmoqda. Ammo, bu ko’rsatkich yetarli emasligi ta’kidlanib, soha mutaxassislarini qo’llab-quvvatlash mavzusiga alohida e’tibor qaratilgan.

Kelgusi o’quv yilidan O’zbekistonda yo’lga qo’yilgan «1 million dasturchi» loyihasiga 47 ming nafar maktab o’quvchilarini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o’qitishni yo’lga qo’yish zarurligi ta’kidlandi.

Ko’proq bu kabi maqolalarni bizning yangiliklar ruknida o’qib borishingiz mumkin.