Bugungi kunda har qanday operatsion tizimda sichqoncha kursor bilan ishlaydi, bu qulayliksiz komputerda ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biz bunga ko‘nikib qolganmiz va kamdan-kam hollarda uning 45 daraja burchak ostida ko‘rsatilishiga eʼtibor beramiz, garchi uni vertikal holda joylashtirish mantiqiy tuyulsada. Odatdagidek, qiyshiqlik texnik cheklovlar tufayli paydo bo‘ldi va keyinchalik bu odat tusiga kirdi.

Xerox muhandisi Duglas Engelbart komputer sichqonchasini 1981 yilda ixtiro qildi. Aytgancha, hech kim yangi qurilmani «sichqoncha» deb atash g’oyasi kim tomonidan kiritilganini bilmaydi, ammo bu nom tezda ommalashib ketdi. Birinchi sichqonchaning qurilmasi biz ko’rib o’rganganimizdan bir oz farq qilar edi: ichki rezistor bilan ulangan ikkita g’ildirak stol ustida harakatlanar edi. Yana, sensorli ekran yoki yorug’lik qalamidan foydalanib kursorni boshqarish g’oyalari ham mavjud edi, ammo sichqoncha eng qulay manipulator bo’lib chiqdi.

Kursorning chapga engashgani, ko’pchilik o’ng qo’l bo’lganligiga asoslanadi

Avvaliga sichqonchaning ikonkasi yuqoriga yo’naltirilgan vertikal o’q edi. Ammo o’sha paytlarning monitorlari (displeylari) o’lchamlari pastligi sababli, kursorni ajiratish juda qiyin bo’lgan. Xerox-ga tegishli Palo Alto tadqiqot bo’limi sichqoncha yordamida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqishni boshlaganda, Engelbart kursorni yanada qulayroq qilishga qaror qildi. U o’qni 45 daraja egib qo’ydi – natijada u vertikal holatda joylashgan matnning qolgan qismidan ajralib chiqa boshladi. Chap tomonga moyillik, aksariyat odamlar o’ng qo’lligidan kelib chiqadi, ammo hozir uni osongina o’zgartirish mumkin . Keyinchalik, bu kursorni Apple va Microsoft ishlata boshladi. O’shandan beri, ikonkaning ko’rinishi faqat «kosmetik» ravishda o’zgargan, ammo kompyuterlarning hozirgi mavjud imkoniyatlari bilan kursorni vertikal holatga o’tkazish mumkin edi.

«Bugun men sichqonchadan ko’ra samaraliroq ishlashi mumkin bo’lgan biror narsani ko’rmayapman. Ammo kim biladi… Birinchi sensorli ekranlar paydo bo’lganda, biz hammamiz kulgandik, chunki ular yorug’lik qalamlari bilan bir xil muammolarga ega ekanligini bilardik – ular odamdan ortiqcha harakat talab qiladi. Ovozni aniqlash bilan boshqarish? Ovoz yordamida obyektni siljitish qulay deb o’ylamayman. Bu qanday ishlaydi? Siz: «Bir piksel balandroq, endi esa ikki piksel o’nga?» deysizmi.

Duglas Engelbart, muhandis

Maqola lookatme.ru veb saytidan tarjima qilindi. Ko’proq bu kabi maqolalarni bizning qiziqarli maqolalar ruknida o’qib borishingiz mumkin.